Xalqaro reytinglarning 500 talik ro‘yxatiga kirgan OTMni tugatgan kadrlarga 12 mln so‘mgacha, ilmiy daraja olganlarga esa 22,5 mln so‘mgacha ustama beriladi. Ustamalar Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, yosh mutaxassis va uning ish beruvchisi o‘rtasidagi shartnoma asosida har oy to‘lanadi.
Adliya vaziri Ruslanbek Davletov Adliya vazirligi tuzilmasini optimallashtirish va boshqaruv apparatini qisqartirish budjetga kamida 100 mlrd so‘mni tejash imkonini berganini ta’kidladi. Boshqa vazirliklarda ham shunday o‘zgarishlar kutilmoqda, biroq bu oson bo‘lmaydi, chunki davlat idoralari ularning funksiya va vakolatlarini qisqartirishdan manfaatdor emas, dedi u. Adliya vazirligi rahbari O‘zbekiston xalqaro reytinglarda o‘z o‘rnini yaxshilash borasida qanday ishlar olib borilayotganiga ham to‘xtalib o‘tdi.
Senat raisi Tanzila Narbayeva Heritage Foundation`ning «Erkin savdo» ko‘rsatkichida O‘zbekistonning o‘rni rekord darajada yaxshilanganini ma’lum qildi. Biroq, «Iqtisodiy erkinlik» indeksida O‘zbekiston 117-o‘rinni egallab, «asosan erkin bo‘lmagan mamlakatlar» guruhida qoldi. Qolaversa, «Sud faoliyati samaradorligi», «Soliq yuki», «Fiskal salomatlik», «Biznes yuritish», «Mehnat bozori erkinligi» indeksida ham KPI`ga erishilmagani tanqid qilindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting